🔔 2023-2024 oʻquv yili 2-semestri 1-qayta topshirish imtihonlar natijalari LMS tizimida e’lon qilinganligini maʼlum qilamiz.
❗️Eslatib oʻtamizki, Talabalar uchun qoʻllanmaga koʻra, modulning yakuniy bahosi oraliq nazorat va yakuniy imtihon natijalari asosida shakllanadi. Yakuniy bahosi (
) kamida 50 ball (D) boʻlgan talabalar mashgʻulotning keyingi bosqichiga muvaffaqiyatli oʻtishlari mumkin.
⚠️ Ikkinchi urinishda muayyan modullarni muvaffaqiyatli topshira olmagan talabalar (F baho olganlar) uchun Universitet imtihonlarni qayta topshirish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu modullardan qoʻshimcha konsultatsiyalar va qayta imtihon topshirish (ikkinchi urinish – 2nd RETAKE) jadvallarini Universitet akademik taqvimga muvofiq eʼlon qiladi.
📞 Qo'shimcha savollaringiz mavjud boʻlsa, Talabalar bilan ishlash boʻlimi (113-xona)ga yoki Imtihon bo’limi (102 xona)ga murojaat qilishingiz mumkin (tel: 55-512-20-20, email: ssd@tiue.uz; exams@tiue.uz).
Hurmat bilan,
TIUE maʼmuriyati