Hurmatli bakalavr kunduzgi va sirtqi ta'lim shakli Talabalari!
“Tashkent International University оf Education” universiteti Sizga quyidagilarni ma'lum qiladi:
Ta'lim xizmatlarini ko'rsatish to'g'risidagi shartnomaning III bobi tegishli bandlariga muvofiq Talaba 2025-yil 1-martgacha shartnoma summasining 100 foizi miqdorida to'lovni amalga oshirish majburiyatini olgan.
O'qishning to'lov bo'yicha majburiyatini bajarmagan Talabalarga nisbatan shartnomaning 2.2-bandiga muvofiq Universitet quyidagi huquqlarga ega:
"Talaba Universitetning ichki qoidalarini hamda ushbu shartnoma shartlarini buzgan taqdirda uning Universitet binosiga kirishini va o‘quv resurslaridan foydalanishini cheklash".
Yuqoridagi shartlardan kelib chiqib, agarda Sizda o'qish to'lov bo'yicha qarzdorlik mavjud bo'lsa, Sizdan 2025-yil 25-aprelga qadar to'lovni to'liq amalga oshirishingizni so'raymiz.
Belgilangan muddatda majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Universitet bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq tegishli chora ko'rilishi to'g'risida ogohlantiramiz.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Universitetning buxgalteriya bo'limiga (208-xona) yoki +998 99 644-64-41; (+998) 55 512-20-20 (ichki 341)
telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
TIUE Universiteti ma'muriyati!