📣📣Hurmatli KUNDUZGI taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar!
🔔 2023-2024 oʻquv yili, 1-semestr 1-qayta topshirish imtihoni (Retake-1) natijalari LMS tizimida e’lon qilinganligini maʼlum qilamiz. (Baholarni ko'rish uchun qo'shimcha qo'llanma) ! (https://telegra.ph/1-semestr-asosiy-imtihon-baholarini-korish-kak-uznat-rezultaty-osnovnyh-ehkzamenov-1-ogo-semestra-02-06)
❗️Eslatib oʻtamizki, Talabalar uchun qoʻllanmaga koʻra, modulning yakuniy bahosi oraliq nazorat va yakuniy imtihon natijalari asosida shakllanadi. Yakuniy bahosi (
) kamida 50 ball (D) boʻlgan talabalar mashgʻulotning keyingi bosqichiga muvaffaqiyatli oʻtishlari mumkin.
⚠️ Ikkinchi urinishda muayyan modullarni muvaffaqiyatli topshira olmagan talabalar (F baho olganlar) uchun Universitet imtihonlarni qayta topshirish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu modullardan qoʻshimcha konsultatsiyalar va qayta imtihon topshirish (uchinchi urinish – 2nd RETAKE ya'ni pullik qayta topshirish) jadvallarini Universitet akademik taqvimga muvofiq eʼlon qiladi.
📞 Qo'shimcha savollaringiz mavjud boʻlsa, Talabalar bilan ishlash boʻlimi (113-xona)ga yoki Imtihon bo’limi (102 xona)ga murojaat qilishingiz mumkin (tel: 55-512-20-20, email: ssd@tiue.uz; exams@tiue.uz).
Hurmat bilan,
TIUE maʼmuriyati