Site announcements

Kunduzgi ta'lim shakli talabalari diqqatiga !!!

Kunduzgi ta'lim shakli talabalari diqqatiga !!!

by TURSUNMURATOV SHERZOD -
Number of replies: 0

📣📣Hurmatli KUNDUZGI taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar!

🔔 2023-2024 oʻquv yili 2 semestri 10 kreditli modullar imtihon natijalari LMS tizimida e’lon qilinganligini maʼlum qilamiz. 

❗️Eslatib oʻtamizki, Talabalar uchun qoʻllanmaga koʻra, modulning yakuniy bahosi oraliq nazorat va yakuniy imtihon natijalari asosida shakllanadi. Yakuniy bahosi kamida 50 ball (D) boʻlgan talabalar mashgʻulotning keyingi bosqichiga muvaffaqiyatli oʻtishlari mumkin.

⚠️ Birinchi urinishda muayyan modullarni muvaffaqiyatli topshira olmagan talabalar (F baho olganlar) uchun Universitet imtihonlarni qayta topshirish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu modullardan qoʻshimcha konsultatsiyalar va qayta imtihon topshirish (ikkinchi urinish – 1st RETAKE) jadvallarini Universitet akademik taqvimga muvofiq eʼlon qiladi.

📞 Qo'shimcha savollaringiz mavjud boʻlsa, Talabalar bilan ishlash boʻlimi (113-xona)ga yoki Imtihon bo’limi (102 xona)ga murojaat qilishingiz mumkin (tel: 55-512-20-20, email: ssd@tiue.uz; exams@tiue.uz).