Site announcements

Hurmatli, KUNDUZGI ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar‼️

Hurmatli, KUNDUZGI ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar‼️

by KASIMXODJAYEV SAIDAZIMXON -
Number of replies: 0

2023-2024 o’quv yilining 1-semestri uchun asosiy imtihonlari joriy yilning 29-Yanvar - 17-Febral kunlari oralig'ida topshirish kuni sifatida belgilanganini eslatib o’tamiz. Ushbu havola  orqali imtihonlar jadvali bilan tanishishingiz mumkin.

🔰 Barcha talabalar imtihon jadvalida qat'iy belgilangan vaqtda imtihonlarda qatnashishlari shart.

🔰 Imtihonlar vaqtida talabalar intizom va tartib qoidalariga qat'iy rioya qilishlari talab etiladi. Imtihon topshirishdan avval talabalar shaxslarinig tasdiqlovchi hujjat (talaba ID kartasi)ni taqdim etishlari shart.

🔰 Quyida yozma imtihonlarni topshirish bo‘yicha yo’riqnomalarni eslatib o’tamiz.

‼️ Imtihon boshlanishidan avval:

✅Imtihon boshlanishidan 20 daqiqa avval auditoriyaga yetib kelish. Kech qolgan taqdirda, talaba imtihonga kiritilmaydi;

✅Shaxsni tasdiqlovchi talabal ID kartasi yoki Pasportning asl nusxasini taqdim etish;

✅Matematikadan o‘tkaziladigan imtihonga ruchka, qalam va kalkulyator olib kelish (agar qoidalarga ko‘ra ruxsat berilsa);

✅O‘zi bilan suv olib kelishga ruxsat beriladi (0,5 litr);

Auditoriya raqamini va har bir talabaga biriktirilgan joy raqamini diqqat bilan tekshiring;

✅Imtihon auditoriyasiga kirishdan avval talabalar shpargalka yoki imtihon paytida foydalanishga ruxsat berilmagan buyumlar mavjudligini tekshirilishiga tayyor turishlari shart;

✅Auditoriyaga kirish uchun ruxsat berilgandan so‘ng, talabalar o‘z joylarini egallashlari va invigilyatorlardan (universitetning mas’ul vakillari) qo‘shimcha ko‘rsatmalar kutishlari va imtihonlar boshlanishidan oldin savollar varaqasiga tegmasliklari shart.

✅ Auditoriyaga kirishdan oldin hojatxonaga borib kelish.

⛔️ O‘zi bilan birga olib kelish qat’iyan man etiladi:

🔴 Telefon/smart-soat, gadjetlar yoki sumka. Agar mavjud bo‘lsa, ro'yxatdagi narsalarni auditoriyaga kirishda qoldirishingiz kerak. 

🔴 Shpargalka, daftar yoki boshqa begona narsalar, agar bu ko‘rsatmalarda ko‘rsatilmagan bo‘lsa. 

🔴 Imtihon davomida:

🔴 Talabalar bilan muloqot qilish taqiqlanadi;

Talabaning stolida ko‘rsatilgan imtihon javob varag‘ida ma’lumotlaringizni diqqat bilan to‘ldiring va pasport va/yoki id karta hamda indeks–raqam bo‘yicha barchasini tekshirib oling.

🔴 Imtihon paytida talabalar bilan muloqot qilish, yon-atrofga qarash, suhbatlashish yoki boshqalarga xalaqit berish, intizom va tartib qoidalarini buzish man etiladi.

🔴 Agar sizda biron bir savol tug‘ilsa, qo‘lingizni ko‘taring va invigilyator yoningizga kelishini kuting.

Imtihon vaqti tugagach yozishni to‘xtating va ishni ko‘rsatmalarga muvofiq talab etilganidek invigilyatorga topshiring.

🔴 Imtihon vaqtida agar talaba ishini topshirmagan bo‘lsa auditoriyani tark etishi taqiqlanadi.

⚠️ Ikkinchi urinishdan keyin ham imtihonlarni yoki boshqa turdagi ishlarni topshira olmagan talabalar uchun Univesitet tomonidan belgilangan tariflarga muvofiq imtihon uchun oldindan to’lov qilib uchinchi urinishda oxirgi imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Batafsil ma’lumotni ushbu havoladagi jadvaldan () olishingiz mumkin.

Qo’shimcha savollar yuzaga kelgan holatda, tegishli elektron manzilga murojaat qilishingizni so’raymiz: exams@tiue.uz

🎉 Kelayotgan imtihonlarda omad tilaymiz!

                                                                                                           Imtihonlarni tashkil etish bo'limi.