Site announcements

OHIRGI OGOHLANTIRISH!!!

OHIRGI OGOHLANTIRISH!!!

by DJABBAROV ADIB -
Number of replies: 0

Hurmatli Talabalar!

“Tashkent International University оf Education” universiteti Sizga quyidagilarni maʼlum qiladi:

Shartnomaning 3.5.4.-bandiga muvofiq Talaba/To‘lovchi oʻqitishning toʻlov miqdorini to‘lash bo‘yicha quyidagi majburiyatini oladi:

2024  - yil 1 - martgacha shartnoma summasining 100 foizi miqdorida.

Shartnomaning 3.5.-bandining 3.5.2, 3.5.3, 3.5.4 -kichik bandlariga muvofiq oʻqitishning toʻlov miqdorini to‘lash bo‘yicha majburiyatini bajarmagan holda Talabalarga nisbatan shartnomaning 2.2-bandining 2.2.8 -kichik bandiga muvofiq Universitet quyidagi huquqlarga ega:

Talaba Universitetning ichki qoidalarini hamda ushbu shartnoma shartlarini buzgan taqdirda uning Universitet binosiga kirishini va o‘quv resurslaridan foydalanishini cheklash;

 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sizdan shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lovni amalga oshirishingizni so‘raymiz.

Belgilangan muddatda Sizning majburiyatlaringiz bajarilmagan taqdirda, Universitet tuzilgan shartnomaning shartlariga muvofiq tegishli chora ko‘radi.

Tushunishingizga umid qilamiz.

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun Universitetning Talabalar bilan ishlash boʻlimi (+998) 55 512-20-20 (ichki 272; 273) va buxgalteriyaga +998 99 644-64-41; (+998) 55 512-20-20 (ichki 341) telefon raqamlari, shuningdek, accounting@tiue.uz elektron pochtasi orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Universitet ma'muriyati