Site announcements

Sirtqi Ta'lim shakli uchun 2-semestr Asosiy Imtihonlaridan Konsultatsiya !!!

Sirtqi Ta'lim shakli uchun 2-semestr Asosiy Imtihonlaridan Konsultatsiya !!!

by TURSUNMURATOV SHERZOD -
Number of replies: 0

📣📣Hurmatli, SIRTQI ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar diqqatiga‼️


🔔 2023-2024 oʻquv yili 2-semestri uchun Asosiy imtihonlari uchun KONSULTATSIYALARI joriy yilning 7-11 May kunlari oralig'ida bo’lib o’tishini e’lon qilamiz. Ushbu havola (https://telegra.ph/KonsultatsiyaKonsultaciyaConsultation-05-04) orqali konsultatsiyalar jadvali bilan tanishishingiz mumkin.


⚠️ Eslatib oʻtamizki:

🔰 Barcha talabalar imtihon jadvalida qat'iy belgilangan vaqtda imtihonlarda qatnashishlari shart.

🔰 Imtihonlar vaqtida talabalar intizom va tartib qoidalariga qat'iy rioya qilishlari talab etiladi. Imtihon topshirishdan avval talabalar shaxslarinig tasdiqlovchi hujjat (talaba ID kartasi)ni taqdim etishlari shart.

🔰 Quyida yozma imtihonlarni topshirish bo‘yicha yo’riqnomalarni eslatib o’tamiz.


‼️ Imtihon boshlanishidan avval:

✅Imtihon boshlanishidan 20 daqiqa avval auditoriyaga yetib kelish. Kech qolgan taqdirda, talaba imtihonga kiritilmaydi;

✅Shaxsni tasdiqlovchi talabal ID kartasi yoki Pasportning asl nusxasini taqdim etish;

✅Matematikadan o‘tkaziladigan imtihonga ruchka, qalam va kalkulyator olib kelish (agar qoidalarga ko‘ra ruxsat berilsa);

✅O‘zi bilan suv olib kelishga ruxsat beriladi (0,5 litr);

Auditoriya raqamini va har bir talabaga biriktirilgan joy raqamini diqqat bilan tekshiring;

✅Imtihon auditoriyasiga kirishdan avval talabalar shpargalka yoki imtihon paytida foydalanishga ruxsat berilmagan buyumlar mavjudligini tekshirilishiga tayyor turishlari shart;

✅Auditoriyaga kirish uchun ruxsat berilgandan so‘ng, talabalar o‘z joylarini egallashlari va invigilyatorlardan (universitetning mas’ul vakillari) qo‘shimcha ko‘rsatmalar kutishlari va imtihonlar boshlanishidan oldin savollar varaqasiga tegmasliklari shart.

✅ Auditoriyaga kirishdan oldin hojatxonaga borib kelish.


⛔️ O‘zi bilan birga olib kelish qat’iyan man etiladi:


🔴 Telefon/smart-soat, gadjetlar yoki sumka. Agar mavjud bo‘lsa, ro'yxatdagi narsalarni auditoriyaga kirishda qoldirishingiz kerak. 

🔴 Shpargalka, daftar yoki boshqa begona narsalar, agar bu ko‘rsatmalarda ko‘rsatilmagan bo‘lsa. 

🔴 Imtihon davomida:

🔴 Talabalar bilan muloqot qilish taqiqlanadi;

Talabaning stolida ko‘rsatilgan imtihon javob varag‘ida ma’lumotlaringizni diqqat bilan to‘ldiring va pasport va/yoki id karta hamda indeks–raqam bo‘yicha barchasini tekshirib oling.

🔴 Imtihon paytida talabalar bilan muloqot qilish, yon-atrofga qarash, suhbatlashish yoki boshqalarga xalaqit berish, intizom va tartib qoidalarini buzish man etiladi.

🔴 Agar sizda biron bir savol tug‘ilsa, qo‘lingizni ko‘taring va invigilyator yoningizga kelishini kuting.

Imtihon vaqti tugagach yozishni to‘xtating va ishni ko‘rsatmalarga muvofiq talab etilganidek invigilyatorga topshiring.

🔴 Imtihon vaqtida agar talaba ishini topshirmagan bo‘lsa auditoriyani tark etishi taqiqlanadi.

📞 Qo'shimcha savollaringiz mavjud boʻlsa, Talabalar bilan ishlash boʻlimi (113-xona)ga yoki Imtihon bo’limi (102 xona)ga murojaat qilishingiz mumkin (tel: 55-512-20-20, email: ssd@tiue.uz; exams@tiue.uz).

Hurmat bilan,

TIUE maʼmuriyati !